APLning 5 top-jamoasi "Borussiya"ning 150 millionlik futbolchisi uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
9 okt 2018
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Jeydon Sancho Angliyaga qaytishi mumkin.

Daily Mirror xabariga ko'ra, 18 yoshli angliyalikka APLning top-jamoalari jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Hozirda u uchun "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" kabi jamoalar kurash olib borishmoqda. Manbaga qaraganda, dortmundliklar futbolchini 150 mln evroga baholagan.

Sancho 2017 yilning yozida 9 mln evro evaziga "Manchester Siti"dan "Borussiya"ga o'tgandi. U bu mavsumda jamoasi tarkibida 10 o'yinda 9 golga assistentlik qildi va 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror

O'xshash yangiliklar