APLdagi eng tezkor futbolchilar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
1 apr 2023
"Squawka" nashri APLning ushbu mavsumidagi eng tezkor futbolchilari ro'yxatini taqdim qildi.

Kuchli uchlikni "Nottingem Forest" vingeri Brennan Jonson ochib berdi. U 36,7 km/soat tezlik bilan yetakchi bo'ldi.

Navbatdagi o'rinda 36,63 km/soat tezlik bilan "Chelsi" futbolchisi Mixailo Mudrik qayd etildi. 36,61 km/soat tezlik qayd etgan "Nyukasl" futbolchisi Entoni Gordon kuchli uchlikni yakunlab bergan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka