APLdagi eng tezkor futbolchi aniqlandi

Mirjalol Normatov
15 may 2019
"Squawka" nashri ushbu mavsum yakunlariga ko'ra, APLning eng tezkor futbolchisini aniqladi.

Unga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchisi, ayni damda "Fulxem" sharafini himoya qilayotgan Timoti Fosu-Mensa 35,32 km/soat tezligida harakatlangan. Ikkinchi o'rin esa "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerga tegishli - 35,27 km/soat. Uchinchi o'rinda 35,2 km/soat bilan "Vulverxempton" himoyachisi Ruben Vinagre qayd etildi.

O'tgan mavsumda 35,48 km/soat tezlik bilan Leroy Sane eng tezkor futbolchiga aylangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka