APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi?

Angliya Premer ligasining rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Eng yaxshilarga ovoz berish jarayoni 3 fevral kuni o'tkaziladi.

Oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlar ro'yxati:

Serxio Aguero (Manchester Siti) - 6 ta gol , 1 ta golli uzatma

Alison Beker (Liverpul) - 1 golli uzatma,

Abdulaye Dukure (Uotford) - 2 gol, 1 ta golli uzatma

Djek Grilish (Asto Villa) - 2 gol ,

Jordan Xenderson (Liverpul) - 1 gol, 1 ta golli uzatma

Ayose Peres (Lester) - 3 gol, 1 golli uzatma,

Jek Stivens (Sautgempton) - 2 ta golli uzatma.


Dekabr oyida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold oyning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgandi.


Manba: АПЛ расмий сайти