APLda ushbu mavsumdagi eng tezkor futbolchi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Lester" himoyachisi Chaglar Seyunju ushbu mavsum APLda eng tezkor futbolchiga aylandi.

23 yoshli himoyachi ushbu mavsumda 37,49 km/soat tezlikkacha yetib bordi va ushbu mavsumdagi eng yuqori natijani qayd qildi.

2018/19 yilgi mavsumda MYU himoyachisi Timoti Fosu-Mensa 33,8 km/soat tezlik bilan birinchi bo'lgandi.

Ikkinchi natija "Sautgempton"ning 32 yoshli forvardi Sheyn Longga tegishli - 37,33 km/soat.

Shuningdek, "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi: yarim himoyachi Filip Foden (37,17 km/ch) va himoyachi Kayl Uoker (36,85 km/ch) ham kuchli beshlikdan o'rin olgan.

"Aston Villa" himoyachisi Born Engels ham Uoker ko'rsatgan natijani takrorlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka