APLda mavsum ramziy jamoasi e'lon qilindi. Unda Azar va Salah yo'q, Pogba esa bor

Tolibjon Qosimov
25 apr 2019, 13:53
Professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) APLda mavsumning ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Qizig'i, bir kun oldin APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzodlar orasiga kiritilgan "Chelsi" yetakchisi Eden Azar undan o'rin olmagan.

Professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko'ra APLda mavsum ramziy terma jamoasi.

Darvozabon: Ederson Moraes ("Manchester Siti").
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Virjil van Deyk (hammasi – "Liverpul"), Emerik Laport ("Manchester Siti").
Yarim himoyachilar: Fernandino, Bernardu Silva (ikkisi – "Manchester Siti"), Pol Pogba ("Manchester Yunayted").
Hujumchilar: Rahim Sterling, Serxio Aguero (ikkisi – "Manchester Siti"), Sadio Mane ("Liverpul").


Premer-liga tarixida birinchi marta mavsum ramziy jamoasidan faqatgina uchta klubdan o'yinchilar joy olishdi. So'rovnoma PFA ga kiruvchi ligalar futbolchilari o'rtasida o'tkazildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/PFA