APLda jamoasini goldan eng ko'p qutqarayotgan darvozabon kim?

Mirjalol Normatov
3 okt 2024
Andre Onana APLda kutilayotgan gollarni qaytarish bobida yetakchi bo'lib turibdi.

"Manchester Yunayted" posboni ushbu mavsumda kutilganidan 2,8ta kamroq gol o'tkazib yuborgan. xG hisobiga shakllantirilgan statistikalarga ko'ra bu APLdagi eng yaxshi natija bo'ldi.

Kuchli beshlik ligalarida Onana faqatgina "Torino" posboni Vanya Milinkovich-Savichdan ortda. Vanyada ushbu mavsumda kutilganidan 4,0ta kamroq gol qo'yib yuborgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Statman Dave