APL. Yangi mavsumda hakamlar JCH-2022dagi kabi taymlarga ko'proq vaqt qo'shishadi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2023, 14:07
Kelgusi mavsumdan Angliya Premer-ligasi hakamlari yangi tamoyillarga amal qiladi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, hakamlar vaqtni cho'zishlar va qarorga qarshi chiqishlar uchun jazo choralarini kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar olishgan. O'yinlarga 2022 yilgi Jahon chempionati uslubida ko'proq vaqt qo'shish amaliyoti joriy qilinadi.

Oxirgi jahon birinchiligida hakamlarga to'p o'yindan tashqarida qolgan barcha daqiqalarni qoplash bo'yicha tavsiyalar berilgan edi: VAR, jarima zarbalari, bahslar, penaltilar va boshqalar. Sarflangan vaqt zaxira hakami tomonidan hisobga olinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports