APL va A Seriya klublari "Benfika" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
1 mar 2021, 13:28
Himoyachi Nunu Tavaresh klubini o'zgartirishi mumkin.

Transfer narxi 7 million evroga baholanayotgan 21 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Napoli", "Nyukasl" va "Byornli" klublari qiziqmoqda.

Tavaresh joriy mavsum "Benfika" libosida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Tavaresh 2019 yildan beri Portugaliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: O Jogo