APL. Keyn barcha golda qatnashgan, Beyl dublga erishgan bahsda “Tottenxem” yirik hisobda zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2021, 02:10
Angliya chempionati 27-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda "Tottenxem" 4:1 natijasi bilan "Kristal Pelas"ni engdi.

Garet Beyl va Xarri Keynning gollari “shporlar”ga chiroyli g'alaba olib keldi. Shuningdek, Keyn 2 assistni ham o'z hisobiga yozdirdi. Raqiblar safida javob to'pini hujumchi Kristian Benteke kiritdi.

Bugungi g'alabadan so'ng Joze Mourinyu shogirdlari ochkolarini sonini 45 taga etkazdi va turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi.

"Tottenxem" – "Kristal Pelas" 4:1 (1:1, 3:0)

"Tottenxem Xotspur Stedium"

Gollar: 1:0 – 25 Beyl, 1:1 – 45 Benteke, 2:1 – 49 Beyl, 3:1 – 52 Keyn, 4:1 – 76 Keyn.

"Tottenxem" – Loris, Doerti, Alderveyreld, Regilon, Sanches, Uinks (Sissoko, 70), Xeyberg, Son Xyon Min, Lukas Moura, Beyl (Lamela, 70), Keyn (Vinisius, 80).

"Kristal Pelas" – Guaita, Keyxill, Uord, van Anxolt, Ridevald, Milivoevich, Kuyate, Eze (Zaa, 46), Taunsend (Shlupp, 65), Benteke (Mateta, 74), Ayyu.

Ogohlantirishlar: Ayyu (29), Keyxill (35), Ridevald (48), Doerti (90), Vinisius (90).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia