APL. To'rtta uchrashuvda 5ta gol urgan yarim himoyachi oy futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun tashkil etilgan so'rovnoma g'olibini e'lon qildi.

Ushbu sovrin uchun quyidagi futbolchilar nmozod edi:

Villi Boli ("Vulverxempton", himoyachi) - 4ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta durang, 3ta quruq o'yin

Eden Azar ("Chelsi") - 4ta o'yin, 2ta g'alaba, 2ta durang, 5ta gol

Aleksandr Lyakazett ("Arsenal") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba, 2ta gol, 2ta assist

Jeyms Meddison ("Lester Siti") - 4ta o'yin, 2ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat, 2ta gol, 2ta assist

Gilfi Sigurdsson ("Everton") - 4ta o'yin, 1ta g'alaba, 1ta durang, 2ta mag'lubiyat, 3ta gol

Raxim Sterling ("Manchester Siti") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba, 3ta gol, 2ta assist


"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar eng ko'p ovoz to'plab, oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com