APL. To'rtta o'yinda 5ta gol urgan Vardi oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun o'tkazilgan so'rovnoma g'olibi nomini e'lon qildi.

Aprel oyining 4ta uchrashuvida 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan "Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.


Eslatib o'tamiz, ushbu sovrin uchun Vardidan tashqari Eden Azar, Jordan Xenderson, Emerik Laport, Sheyn Long, Ayoze Peres, Muhammad Saloh va Kris Vud davogarlik qilayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com