APL. “Terf Mur”dagi o'yin yana qoldirildi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2022
Angliya chempionati 17-turi doirasida qoldirilgan “Byornli” – “Uotford” bahsi bugun, 18 yanvar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi.

Biroq, mezbonlar ustozi Shon Daych asosiy jamoadan faqatgina 10 futbolchisi safdaligi haqida ma'lum qilgan. Klub o'yinni qoldirish bo'yicha APLga ariza yo'lladi va ularning talabi qondirildi.

Shu tariqa, “Terf Mur”dagi bahs ikkinchi marotaba o'z vaqtida o'tkazilmaydigan bo'ldi. O'tgan yil dekabrida “Uotford”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ortgani tufayli mazkur uchrashuv bo'lib o'tmagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport