

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yana eng katta sarf-xarajat qilgan liga – Angliya Premer-ligasi bo'ldi. APL klublari yanvarda 453 mln evro sarfladi. Taqqoslash uchun, Ispaniyaning La Liga jamoalari jami 58,3 mln evro investiciya qildi - bu Angliyadagi ko'rsatkichdan 677% kam.
Xarajatlar bo'yicha ikkinchi o'rinni A Seriya egalladi - 244 mln. Keyingi o'rinlarda Braziliya A Seriyasi (202 mln), MLS (144 mln) va Saudiya Arabistoni ligasi (123 mln) qayd etildi.

E'tiborga molik jihat: Angliyaning ikkinchi divizioni – Chempionship ham bozorda faol bo'lib, 54,6 mln evro sarf etdi.



