APL. Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Alisher
13 dek 2019, 18:49
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Klopp qo'l ostidagi "Liverpul" o'tgan oyda 4ta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozondi.

Germaniyalik mutaxassis ushbu mukofotni faoliyati davomida 6-bor qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Klopp "Liverpul"da 2015 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Uning bundan oldingi klubi Dortmundning "Borussiya" klubi bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague