APL. MYU o'z uyida yirik g'alabani qo'lga kiritdi, Fernandeshdan xet-trik!

Sherzod Nurmatov
30 avg 2026, 22:49
“Manchester Yunayted” APLning 2-turi doirasidagi bahsda “Ipsvich” ustidan 5:2 hisobida g'alabaga erishdi.

Maydon egalari birinchi bo'lim davomida hisobda ortda qolayotgandi, ammo ikkinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'llariga olishdi.

Mehmonlar 28-daqiqada hisobni ochdi: Leyf Devis Issaaku Abdulning uzatmasidan so'ng darvozani ishg'ol qildi. Biroq “Yunayted” tezda o'ziga keldi - 39-daqiqada Brunu Fernandesh muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar to'liq ustunlik qilishdi: 55-daqiqada Jeykob Grivs to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi, Fernandesh esa penaltini aniq amalga oshirib (60-daqiqa), 67-daqiqada yana bir gol urdi va xet-trikni rasmiylashtirdi. 81-daqiqada Brayan Mbeumo Fernandeshning pasidan keyin 5-golni urdi, ammo 90-daqiqada Chuba Akpom farqni qisqartirib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 5:2.

MYU – “Ipsvich” 5:2

Gollar: Fernandesh 40’, Grivz avtogol 56’, Fernandesh penalti 61’, Fernandesh 68’, Mbeumo 82’ – Devis 29’, Akpom 90+1’

“Manchester Yunayted”: Lammens, Shou (Mazraui, 73), Martines, Maguayr, Diogu Dalot (Yoro, 74), Maynu (Santos, 80), Tilemans, Reshford (Dorgu, 80), Brunu Fernandesh, Mbeumo, Mateus Kunya (Sheshko, 80)

“Ipsvich”: Sxerpen, Devis, Grivz, Diop, O`Shi, Nunes (Palasios, 62), Lukich (Uattara, 73), Maeda (Ferlong, 73), Ensiso, Fatavu (Makatir, 83), Korreyya da Silva (Akpom, 46)

Ogohlantirishlar: Lukich (33), Fatavu (37), Grivz (60), Mbeumo (90+3)

Shu tariqa, MYU 3 ochkoni qo'lga kiritib, mavsumdagi ilk g'alabasiga erishdi.



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia