APL klublari o'tgan 10 yillikda transferlardan 6 milliard zarar ko'rdi

Mirjalol Normatov
31 avg 2021
FIFA Yevropa klublarining 2011-2020 yillar davomida transferlar uchun ishlatgan mablag'i sarhisobini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, APL klublari o'tgan 10 yillikni 6 milliard zarar bilan yakunlagan. Qayd etish kerak, klublar transferlar uchun 12 milliard evro ishlatishgan bo'lib, o'z futbolchilarini 6 milliard evro evaziga sotgan. Futbolchilarni olib kelish uchun "Manchester Siti" eng ko'p mablag' ishlatgan.

O'tgan dekadada transferlardan "Benfika" katta mablag'ni ishlab olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com