APL 37-turida “Everton” o'z uyida “Sautgempton” bilan kuch sinashdi.
“Gudison Park”da kechgan bellashuvning 56-daqiqasida Neytan Redmond hisobni ochdi. Mezbonlar hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning oltinchisida Tom Devisning aniq zarbasidan keyin mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.