APL. "Brentford" va "Liverpul" o'rtasidagi shiddatli bahsda darvozalarga 5 ta to'p kiritildi

Alisher Ostonov
26 okt 2025
APL 9-tur doirasidagi "Brentford" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 5-daqiqasida mezbonlar o'yinchisi Uattara hisobni ochdi, 45-daqiqada Shade hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Kerkez 45+5 daqiqada hisobni qisqartirdi. Ammo, "Brentford" futbolchisi Igor Tiago penaltini aniq ijro etib, jamoasini g'alaba sari ancha yaqinlashtirdi. Salah 89-daqiqada hisobni qisqartirdi, ammo bu bir ochko uchun ham etarli bo'lmadi.


26 okt 2025, 00:00
Brentford — Liverpool
3 – 2
Tugadi







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia