Anzur Ismoilov 3 oylik tanaffusdan so'ng "Chanchun Yatai" safida maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2016, 17:18
Xitoy Superligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z maydonida "Xandjou Luchen"ga qarshi o'ynadi. O'yinda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ismoilov 3 oylik tanaffusdan so'ng nihoyat "Chanchun" safida maydonga tushib to'liq o'ynadi. 3 aprel kuni hamyurtimiz "Tianjin Teda" bilan bahsda og'ir jarohat olgan va bir necha oyga safdan chiqqandi. Klubi 13 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi 16-pog'onasida bormoqda.

Klub keyingi o'yinni 17 iyul kuni o'z uyida "Guanchjou Evegrand"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Chanchun Yatai" - "Xandjou Luchen" 0:1
Gol:
Anselmo Ramon 85



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia