Anxel Di Mariya: "Ronaldu, Messi, Ibragimovich, Runi bilan bir jamoada o'ynash - orzu, ulardan eng zo'ri - Leo"

Mirjalol Normatov
31 yanv 2020
PSJ futbolchisi Anxel Di Mariya faoliyati davomida birga o'ynagan jamoadoshlari haqida gapirdi.

"Krishtianu, Messi, Ibra, Runi kabi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash - orzu. Ular bilan bir jamoada o'ynashimni orzularim olamiga sig'dira olmasdim.

Biroq ularning eng zo'ri - Leo. Ronaldu esa haqiqiy maxluq. Neymarning o'yinlaridan lazzat olish kerak. U braziliyalik bo'lgani uchun doimo o'yinlardan zavqlanadi.

Ibra - betakror. Uning xarakteri esa hech kimda yo'q. U ham Krishtianu kabi maydonda va uning tashqarisida ham ajoyib inson. U bilan oldinga katta qadamlar tashlayotgandim.

Runi esa juda kamgap. Shunday bo'lsa ham u juda kuchli o'yin ko'rsatadi.

Ushbu futbolchilardan birini tanlash juda qiyin. Shu boisdan Messini alohida ajratib ko'rsata olaman", - dedi Di Mariya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia