Anvar Soliev: “6 nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz maydonga tusha olishmadi”

Narzulla Saydullayev
19 avg 2018
Superliga 22-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin “Navbahor” klubi sport direktori Anvar Soliev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Anvar Soliev (“Navbahor” PFK sport direktori): -  Avvalo “Qizilqum” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin biz kutgandek o'tmadi. Ayrim sabablarga ko'ra, jami 6 nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz maydonga tusha olishmadi. Shu sababli, kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan yoshlarni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Endi asosiy e'tiborni keyingi bosqich bahslariga qaratamiz. Superliganing asosiy bosqich uchrashuvlarida muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz. Faqat bugungidek o'yin bilan emas.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати