"Lokomotiv"ning yangi bosh murabbiyi Toshkentga yetib keldi

Xayrulla Xoliqov
10 yanv 2021, 11:25
"Lokomotiv" futbol klubiga bosh murabbiy etib Mikael Sekeyra tayinlangani haqida xabar bergandik.

Portugaliyalik mutaxassis bugun tongda Toshkentga tashrif buyurdi. Mikael Sekeyra ertaga jamoa a'zolariga tanishtiriladi. "Loko" futbolchilarimiz ertadan boshlab uch kun mobaynida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Shundan so'ng mashg'ulotlarga start beriladi.

P.S. Suratda chapdan birinchi - darvozabonlar murabbiyi Daniel Chabrera, bosh murabbiy Mikael Sekeyra, "Lokomotiv" PFK xalqaro bo'lim mutaxassisi Sardor Akramov.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz