Antonio Konte: “Inter”ga uchtadan ham ko'proq gol ura olardik”

“Yuventus” bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Inter”ga qarshi o'yinni izohlab o'tdi.

“O'yinga tayyorgarlik ko'rar ekanmiz, har bir kichik detalga ham katta e'tibor berishga harakat qildik. Umuman olganda o'yindan mamnunman. Futbolchilar belgilangan vazifani yaxshi bajarishdi.

Gol o'tkazib yuborganimiz yomon bo'ldi. O'yin oxirida gol urishga bir qancha imkoniyatimiz bo'ldi. Chempionatda hamma ko'p gol urayapmiz va bugun ham  uchtadan ham ko'proq gol ura olardik. Xandanovich bir nechta vaziyatda “Inter”ni qo'tqarib qoldi. Men har doim jamoam birinchi bo'lishini istayman”, - deydi Konte.


Manba: sports.ru