

“Boshqalar mening o'rnimda men haqimda gapirishlari menga yoqmaydi. Pastorello mening do'stim, men haqimda nimadir bilmoqchi bo'lishsa, mening o'zimdan so'rab qo'yishgani maqul.
Biz sovrin uchun kurash olib borayapmiz va uni qo'lga kiritmoqchimiz. Men Angliyada qolamanmi? Ha, men keyingi mavsumda ham “Chelsi”da qolaman”,deydi Konte.
Ilgariroq italiyalik agent Federiko Pastorello boshqa jiddiy takliflar bois Konte London klubini tark etishi mumkinligi haqida yozgandi.
Kontening londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi. Ammo klub rahbariyati hozirdanoq uning shartnomasini yanada uzaytirishmoqchi.



