Antonio Kassano: "35 yoshli Messi Argentina terma jamoasini qo'lidan ushlab, dunyo cho'qqisiga olib chiqdi"

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022
"Roma" sobiq hujumchisi Antonio Kassano argentinalik Lionel Messining JCH-2022dagi o'yiniga yuqori baho berdi.

"35 yoshida u 7 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi va 4 ta golga pas uzatdi. Kimdir 35 yoshida chempionatda shunday o'yin namoyish qilsa, barcha uchrashuvlarda hal qiluvchi ta’sir ko'rsata olsa, xuddi shunday barqaror o'ynaydigan futbolchi topilsa, men uni tinglashga tayyorman.

Ammo hech kim hech qachon bunday ish qilmagan. Qolaversa, bu yaxshi jamoada ikki bola Enco Fernandes va Xulian Alvares musobaqani zaxira o'rindig'ida boshladi, Di Mariya esa faqat finalda o'zini ko'rsatdi.

Va ularning hammasini qo'lidan ushlab, dunyoning cho'qqisiga olib chiqdi. U aqlga sig'maydigan ish qildi. U bir nechta poziciyalarda o'ynadi, Gvardiola aytganidek, to'qqizinchi, o'ninchi, o'n birinchi, ettinchi, sakkizinchi rolda o'ynadi. Va u eng yaxshi bo'ldi.

Men u uchun, uning oilasi uchun xursandman, ular Argentinaning oldingi mag'lubiyatlari tufayli jabr chekishdi", – dedi Kassano.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mondo Napoli