Antonio APLda avgustning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
10 sen 2021, 17:16
APL avgust oyining eng yaxshi o'yinchisini ma'lum qildi.

Bu nomga "Vest Xem" forvardi Mikail Antonio loyiq deb topildi. 

31 yoshli o'yinchi o'tgan oyda 3ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Sovrin uchun Markos Alonso ("Chelsi"), Said Benraxma ("Vest Xem"), Erik Dayer ("Tottenxem"), Demerey Grey ("Lester") va Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted") davogarlik qilishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com