Ansu Fati yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025
"Barselona" vingeri Ansu Fatini "Monako"ga ijaraga beradi.

Fransiya klubi "Barselona" bilan bu borada kelishuvga erishgan.

Insayder Fabricio Romanoning fikriga ko'ra, 22 yoshli futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va dam olish kunlarida monegasklar bilan shartnoma imzolaydi.

O'tgan mavsumda Fati LaLiganing 6 o'yinida qatnashdi, biroq sermahsullik qayd etmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano