Anri yulduzlarni Fransiya olimpiya terma jamoasiga chaqirmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2024
Kilian Mbappe, Antuan Grizmann va Olive Jiru Olimpiada-2024da ishtirok etishi mumkin.

Olimpiya futbol terma jamoalarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar to'p tepishadi. Unga 3 nafar 23 yoshdan katta bo'lgan o'yinchilarni taklif qilish mumkin.

Fransiya olimpiya terma jamoasi ustozi Terri Anri Parijdagi turnirda 25 yoshli Kilian Mbappe, 32 yoshli Antuan Grizmann va 37 yoshli Olive Jiru ishtirok etishini xohlayapti. Ularning bari JCH-2018 g'olibi hisoblanishadi.

Oldinroq, Mbappe ushbu Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmoqchiligi e'lon qilingan edi.

Musobaqa 24 iyuldan 10 avgustga qadar bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien