

Bugun Domeniko Tedesko "qizil iblislar"ning yangi ustozi sifatida e'lon qilindi. 37 yoshli mutaxassisning belgiyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha belgilangan.
"Biz Terri bilan suhbatlashdik, chunki uning fikri bizga qiziq va milliy jamoaning kelajagidan havotirdamiz. Ammo u endi jamoada ishlamaydi. Uning mehnatini qadrlaymiz. Tomas Vermalenning ishlaridan hayratlandik va u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchimiz, ammo buni muhokama qilishga ulgurmadik" - deydi Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi bosh direktori Peter Bossart.
Anri 2016-2018 yillarda Belgiya terma jamoasida Roberto Martines shtabida ishlagan. Keyin u "Monako" va "Monreal Impakt" klublarini boshqardi. Terri Anri 2021 yilda belgiyaliklar safiga qaytdi.



