Anri: “Unga ketma deya olmayman, boisi o'zim ham "Arsenal"ni tark etganman"

Eldor Akmurzayev
7 may 2020, 22:00
“Monreal Impakt” ustozi Terri Anri “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyangning jamoadan ketish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Har kim nimani xohlasa, shuni qiladi. Qanday qilib kimgadir jamoadan ketma deya olaman, axir o'zim “Arsenal”ni tark etganman. Bu kabi holatlar bo'lib turadi, ammo shu bilan klubga bo'lgan muhabbatingiz so'nib qolmaydi. “Arsenal” muxlisi sifatida uning qolishini istarsiz, ammo futbolchi sifatida u oilasi bilan vaziyatni muhokama qiladi va ular uchun yaxshiroq variantni o'ylab ko'radi.

Agarda mazkur jamoani yaxshi ko'rsangiz, uning ketishini xohlamaysiz, lekin bu yigitning faoliyati oldinda va uning xayolida nima borligidan bexabarman. Biladigan yagona narsam shuki, u ketadigan bo'lsa, gollarining qadri bilinadi”, deydi Anri.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal