Anri Misr termasi boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin

Mirjalol Normatov
31 iyul 2018, 22:21
Belgiya termasida Roberto Martinesga yordam berayotgan Terri Anri Misr termasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri bo'lib turibdi.

"TalkSport" xabariga ko'ra, fransiyalik Misr futbol federatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ham qatnashgan. Tomonlar shartnomaning moliyaviy bandlarini muhokama qilishgan. Oldinroq Anri "Aston Villa"da ish boshlashi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Unga qadar Misr termasini Ektor Kuper boshqargandi. Ayni damda u O'zbekiston termasini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TalkSport