Anri ko'z qarashi bilan shogirdini tartibga chaqirdi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
11 dek 2018
Kecha, 10 dekabr kuni "Monako" bosh murabbiyi Terri Anri Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'ladigan bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Anjumanda jamoa himoyachisi Benua Balyashil ham qatnashdi. Jurnalistlar savollariga javob berib bo'lgan "Monako" vakillari o'rnilaridan turishdi va chiqish eshiklari tomon harakatlanishdi. Ammo Benua o'zi o'tirgan stulni joyiga surib qo'ymadi. Bu esa Anriga yoqmadi va u shogirdini ko'z qarashi bilan tartibga chaqirdi. Balyashil murabbiyni tushundi va o'z xatosini to'g'irladi.

TAS-IX emas

Ko'chirib olish (1.4 mb)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail