Anri faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018
"Arsenal" va "Barselona" sobiq hujumchisi Terri Anri Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabidagi ishini davom ettiradi.

Fransiyalik endi Roberto Martinesning birinchi yordamchisi bo'lib ishlaydi.

JCH-2018dan so'ng Anri Belgiya terma jamoasini tark etib, murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi ekanligini e'lon qilgan edi. Fransiyalikka Angliya va Fransiyadan takliflar bo'ldi, biroq Anri hech bir klub bilan kelisha olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/BelRedDevils