

Bugun terma jamoamiz Ozarbayjon terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Bellashuvning boshlanish vaqti - 18:00. Barcha futzal ishqibozlarini ushbu uchrashuvga taklif etib qolamiz, kirish bepul.
Ma'lumot uchun, Ozarbayjon terma jamoasi dunyo reytingida 10-o'rinda bormoqda. O'zbekiston esa 24-pog'onadan joy olgan.



