Angliyaning ettinchi ligasi "yirik" transfer amalga oshirdi
Aslanov Jasurbek
2 fev 2017
Angliyaning ettinchi ligasida ishtirok etuvchi "Barton Rovers" futbol ahlining kayfiyatini ko'tardi.
Klub rahbariyati transfer oynasining so'nggi kunida "yirik" transferni e'lon qildi.
"Barton Rovers" rahbarlari futbolchining o'rniga narxi 6,99 funt turadigan haskash sotib oldi. Tanishtirish marosimi odatdagidek futbol maydonida bo'lib o'tdi.