

Angliyalik afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton bugun vafot etdi.
Bobbi Charlton 1966 yilda JCH va "Oltin to'p" g'olibiga aylangan. Charlton 1958 yil Myunxen aviafojeasida tirik qolganlardan biri edi. O'shanda MYUning 8 nafar futbolchisi halok bo'lgan. Bobbi Charlton 86 yoshida olamdan ko'z yumdi.



