Angliyada 1966 yilgi jahon chempioni olamdan o'tdi

Mirjalol Normatov
17 may 2018
1966 yilda Angliya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan Rey Uilson 83 yoshida olamdan o'tdi.

Uilson faoliyatining katta qismini "Xaddersfild" tarkibida o'tkazgan, shundan keyin "Everton"ga ko'chib o'tgan. Ushbu jamoa bilan 1966 yilda Angliya kubogida g'oliblikka erishgan.

2004 yilda u qattiq kasallikka chalingan bo'lsa-da, o'sha vaqtdan buyon "Xaddersfild"ning barcha uy o'yinlarini tomosha qilib kelayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru