Angliya terma jamoasida maydonga tushgan Uilfrid Zaa endi Kot-d'Ivuarda o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2016
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaa Kot-d'Ivuar terma jamoasida o'ynaydi.

Zaa Angliya terma jamoasi safida ikki marotaba o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Anchadan Angliya milliy jamoasiga chaqirilmagan Uilfrid Kot-d'Ivuar taklifini qabul qildi.

Eslatib o'tamiz, Kot-d'Ivuar terma jamoasi qishda bo'lib o'tadigan Afrika millatlar Kubogida ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTweet