Angliya terma jamoasi sobiq ustozi 1 yil umri qolganini aytdi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024
Angliya termasi sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson davolab bo'lmaydigan saraton kasalligiga chalinganini ma'lum qildi.

Qo'shimcha qilishicha, uning bir yil umri qolgan.

"Eng yaxshi holatda bir yilim qoldi, eng yomoni biroz kamroq. Lekin borimcha kurashishga vada beraman. Shifokorlar mening qancha vaqtdan beri kasal ekanligimni bilishmaydi, balki bir oy, balki bir yildan beri", – dedi Eriksson.

Shvetsiyalik murabbiy 2024 yilning may oyida  76 yoshga to'ladi.

Eriksson Angliya tarixidagi birinchi britaniyalik bo'lmagan murabbiydir. U 2001-2006 yillarda Angliya terma jamoasini boshqargan.

Eriksson o'zining eng katta muvaffaqiyatiga "Lacio" murabbiyi sifatida erishgan, u bilan birga klub tarixidagi ikkinchi Italiya chempionligini, shuningdek, ikki marta Italiya Kubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, u "Roma", "Benfika" va "Sampdoriya" jamoalarida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi Filippin terma jamoasi bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Expressen