Angliya premer-ligasining avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi e'lon qilindi

Alisher
2 sen 2019
"Norvich" hujumchisi Teemu Pukki muxlislar talqiniga ko'ra premer-liganing avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Forvard o'tgan oyda 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

U "Liverpul" (1:4) va "Chelsi (2:3) darvozalarini ishg'ol qildi va "Nyukasl"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

Futbolchi bu sovrin uchun Eshli Barns, Kevin De Bryuyne, Rahim Sterling, Mings va Mauntlar bilan bo'lgan raqobatda g'olib chiqdi.

"Norvich" hujumchisi Pukki rossiyalik futbolchining rekordini takrorladi.

Karikatura: Pukki hozircha eng sermahsul futbolchilardan biri.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/pfa