Angliya premer-ligasida eng ko'p maoshni qaysi futbolchilar oladi? Saloh 4-o'rinda

Narzulla Saydullayev
6 noya 2024
Spotrac sayti Angliya Premer-ligasida to'p tepayotgan futbolchilarning maoshlarini oshkor qildi.

Unga ko'ra, eng ko'p yillik maoshni "Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne oladi - 24,79 million evro. Uning jamoadoshi Erling Xoland esa 23,24 million evro bilan ikkinchi o'rinda. Kazemiro (MYU) va Muhammad Saloh ("Liverpul") bir yilda 21,69 million evro ishlab topishadi.

1. De Bryuyne (Manchester Siti) - € 24,79 mln.
2. Xoland (Manchester Siti) - € 23,24 mln.
3-4. Kazemiro (Manchester Yunayted) - € 21,69 mln.
3-4. Saloh (Liverpul) - € 21,69 mln.
5. Sterling (Chelsi/Arsenal) - € 20,14 mln.
6-8. Bernardu Silva (Manchester Siti) - € 18,59 mln.
6-8. Jek Grilish (Manchester Siti) - € 18,59 mln.
6-8. Rashford (Manchester Yunayted) - € 18,59 mln.
9. Xaverc (Arsenal) - € 17,35 mln.
10. Gabriel Jezus (Arsenal) - € 16,42 mln.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Spotrac.com