Angliya liga kubogi. “Manchester Siti” “Berton”ni javob o'yinida ham yutdi

Angliya liga kubogi yarim final javob o'yini bo'lib o'tdi.

Unda birinchi o'yinda 0:9 hisobida mag'lub bo'lgan “Berton” klubi “Manchester Siti”ni o'z maydonida qabul qildi. O'yindagi yagona gol 26-daqiqada Serxio Aguero tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Gvardiola shogirdlari “Berton”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, 10:0 hisobida mag'lub etib, finalga chiqdi.

“Berton” – “Manchester Siti” 0:1
Gol: 0:1 – 26 Aguero.
Berton – Kollinz, Makfazin, Terner (Xatchinson, 40), Makkrori, Uolles, Mayers-Xarness, Miller, Eykins, Kuinn (Foks, 46), Templton, Boys (Deniel, 77).
Manchester Siti –Murich, Erik Garsiya, Danilo, Sandler, Delf, de Bryuyne (Mendi, 63), Zinchenko (Nmecha, 67), Marez, Foden, Poveda, Aguero (Gabriel Jezus, 63).


Manba: Championat.asia