Angliya liga kubogi. Man Siti Lesterni penaltilar seriyasida mag'lub etdi, Vest Xem Arsenalga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2017
Angliya liga kubogining 1/4 final o'yinlari bo'lib o'tdi. Arsenal o'z uyida Vest Xemni (1:0), Manchester Siti safarda Lesterni (1:1, penaltilar seriyasi – 4:3) mag'lub etdi.

Angliya liga kubogi

5-bosqich

Arsenal – Vest Xem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 
1:0 – 42 Uelbek.
Arsenal – Ospina, Chembers, Kolashinac, Debyushi, Xolding, Koklen (Dasilva, 90), Uillok (Shif, 84), El-Nenni, Uolkott, Uelbek, Jiru (Nelson, 78).
Vest Xem –    Xart, Rid, Kollinz, Kressuell (Kerroll, 65), Ogbonna, Kina (Arnautovich, 83), Rays, Ayyu, Obiang, Masuaku, Ernandes (Sako, 65).
Ogohlantirishlar: Xart (71).

Lester – Manchester Siti 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 3:4
Gollar: 
0:1 – 26 Bernardu Silva, 1:1 – 90+7, penalti Vardi.
Lester – Xeymer, Dragovich (Benaluan, 111), Maguayr, Fuks, Chiluell (Grey, 71), Olbrayton (Marez, 57), Amarti, Iborra, King, Ixeanacho (Vardi, 57), Okadzaki.
Manchester Siti –    Bravo, Mangalya (Uoker, 81), Adarabioyo, Danilo, Foden (Dele-Bashiru, 90), Gyundogan, Zinchenko, Bernardu Silva, Ture, Braim Dias (Nmecha, 88), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Ixeanacho (23), Gyundogan (61), Danilo (90), Uoker (96), Maguayr (105).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia