Angliya Kubogida VAR lavhasi stadiondagi katta ekranda ko'rsatilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 apr 2019
Angliya Kubogi yarim finalida VAR orqali tomosha qilinadigan bahsli vaziyatlarni stadiondagi katta ekranda ko'rsatish rejalashtirilmoqda.

Bu ish tufayli muxlislar hakam bilan bir vaqtda vaziyatga baho berishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Angliya Kubogi yarim finaliga "Manchester Siti", "Brayton", "Uotford" va "Vulverxempton" chiqqan edi.

"Manchester Siti" - "Brayton" uchrashuvi 6 aprel kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. "Uotford" - "Vulverxempton" o'yini ham "Uembli"da bo'ladi, biroq 7 aprel kuni o'tkaziladi. Angliya Kubogi finali 18 may kuni bo'lishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun