

"Manchester Yunayted" "Brayton"ni penaltilar seriyasida mag'lub qilib, Angliya kubogi finalga yo'l oldi. Kecha esa "Man Siti" "Sheffild"ni yirik hisobda engib, final yo'llanmasini naqd qilgandi.
Shunday qilib, Manchester shahrining ikki klubi 3 iyun kuni "Uembli" stadionida Angli kubogi uchun maydonga tushishadi. Qiziq tomoni, "Siti" va "Yunayted" Angliya kubogining hal qiluvchi o'yinida hali biror marta to'qnash kelishmagan.
Ma'lumot uchun, Angliya kubogining amaldagi sohibi "Liverpul" hisoblanadi. Umuman kubok tarixida "Arsenal" 14 ta titul bilan yetakchi hisobnaladi. Ikkinchi o'rinda esa MYU – 12 ta kubok. "Man Siti" esa faqatgina olti marotaba Angliya kubogini qo'lga kiritgan.



