Angliya futbolida tarixiy kun. Tumanli albionda birinchi bor gol VAR tizimi sabab hisobga olindi (FOTO + Video)

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2018
Kecha Angliya kubogi 3-bosqichi doirasida "Lester" - "Flitvud" (2:0) jamoalari o'zaro ikkinchi uchrashuvni o'tkazishdi.

Unda VAR (videotakror) tizimi ham ishladi.

O'yinning 77 daqiqasida mezbonlar forvardi Kelechi Ixeanacho o'zining va jamoasining ikkinchi golini urdi. Lekin, qanot hakami bayroqchasini ko'tardi va nigeriyalik ofsaydda qolib ketganini ma'lum qildi. Bosh hakam Jonatan Moss esa VAR tizimiga murojaat qildi va golni inobatga oldi.


VIDEO

TAS-IX


Bu gol Angliya futboli tarixida videotakrordan keyin inobatga olingan birinchi gol bo'ldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/EmiratesFACup