Anelli boshchiligida direktorlar kengashi “Yuventus”da iste'foga chiqdi. Andrea 12 yildan beri klubni boshqarayotgandi

Eldor Akmurzayev
29 noya 2022, 09:30
“Yuventus” rahbariyati to'liq tarkibda lavozimini tark etdi.

Direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida president Andrea Anelli, vice-prezident Pavel Nedved, bosh direktor Mauricio Arrivabene va boshqaruv kengashining yana 7 a'zosi iste'foga chiqdi.

Bu prokuratura tomonidan o'tkazilgan tekshiruvda hisobotdagi ma'lumotlarni buzish va byudjetni tasdiqlash bilan bog'liq muammolar tufayli bo'ldi.

Anelli 2010 yil may oyidan beri “Yuve”ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida klub qatorasiga 9 marta Italiya chempionligini qo'lga kiritdi, 2 marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi, 5 martadan Italiya kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport