Andrey Shipilov: "Natija biz uchun yaxshi ko'rinish oldi, muhim jihat nolga o'ynadik"

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2026
"Qo'qon-1912" jamoasi kecha Antaliya yig'ini doirasida navbatdagi nazorat o'yinida qatnashdi.

Gruziyaning "Meshaxte" (1:0) jamoasiga qarshi kechgan to'qnashuvdan so'ng qo'qonliklar ustozi Andrey Shipilov fikrlarini bildirdi.

"Uchinchi nazorat uchrashuvimizda maydonga tushdik. Raqib Gruziya jamoasi edi. Barcha yigitlarga o'ynash imkoniyatini berdik. Ajoyib maydon, hakamlik ham Yevropadagi kabi. Natija ham biz uchun yaxshi ko'rinish oldi, nolga o'ynadik. Futbolchilar kerakli yuklamalarni olishdi. Bosqichma-bosqich intilishda davom etamiz. Oldinda yana 2 ta nazorat bahsi kutib turibdi. Shu tartibda ishimizni olib boramiz",- deydi Andrey Shipilov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати