Andrey Miklyaev: "So'g'diyona" bilan o'yinda "Al Ayn" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rdik"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2016
"Lokomotiv" - "So'g'diyona" (4:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Mikyalev o'z fikrlarini bildirdi.
"Har bir jamoa bizga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rishadi. Bizdan esa doim g'alaba kutishadi. Farg'onadagi o'yinda durang o'ynadik, ammo shogirdlarimga hech qanday etirozim yo'q. Biz bilan uchrashuvlarda ko'p raqiblar asosan himoyada o'ynashadi. Bugun 4:1 hisobida g'alaba qozondik. "Al Ayn" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rayapmiz Bazi taktik holatlarni sinab ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqdik, ammo to'liq ma'lumotlarni topish oson bo'ldi. Hozircha hech qanday jarohatlar yo'q, bo'lmasin ham", - deydi Andrey Miklyaev.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia